Xorazmda “fuqaroni tinchini buzmaslik uchun” undan deyarli bir yil mobaynida 58 mln so‘m olib kelgan va yana 10 ming dollar talab qilgan shaxslar qo‘lga olindi.
Toshkent shahridagi umumiy ovqatlanish joyida ishlovchi ayol o‘zaro janjal oqibatida mast holatdagi hamkasbini pichoqlab, o‘limga olib kelgan tan jarohati yetkazgan. Oqibatda jabrlanuvchi shifoxonaga olib ketilayotgan vaqtda vafot etgan. Gumonlanuvchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olindi.
IIV huzuridagi Tergov departamenti Ukraina fuqarosi asos solgan Golden cash store xorijiy korxonasini moliyaviy piramida tashkil etganlikda ayblamoqda. Tergovga ko‘ra, gumondor oltin va kumush mahsulotlarni ishlab chiqarishga sarmoya kiritish orqali uning sotuvidan yillik 260 foiz daromad ko‘rishni taklif qilgan. Foizlar esa yangi mijozlar hisobidan to‘lab berilgan.
Qashqadaryoda uch nafar fuqaro 6 sinf o‘quvchisiga ikki baho qo‘ygan o‘qituvchining yuzini bir necha marotaba urib, kaltaklashgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Toshkent viloyatida 27 yoshli fuqaro 21 yoshli qizni o‘g‘irlab, nikohdan o‘tish uchun majburlagan. Qiz qarshilik ko‘rsatib qochib ketgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
So‘nggi uch yil mobaynida O‘zbekistonda chaqaloq savdosi bo‘yicha 185 holat aniqlandi. Ushbu jinoyatlarning asosiy sabablari onalarning ijtimoiy-moddiy jihatdan himoyasizligi va nikohsiz bolalar tug‘ilishini yashirish istagi ekanligi ma’lum qilindi.
Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani hududidan o‘tgan M-39 avtomobil yo‘lida uchta avtomashina ishtirokidagi YTH oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, uch nafari esa tibbiyot muassasasiga yotqizildi.
IIV ma’lumotlariga ko‘ra, Namangan viloyati Norin tumanida 23 yashar qiz jamoat joyida ikki nafar erkakni besabab do‘pposlab, tan jarohati yetkazdi. Jarohatlanganlardan biri uning bezorilik harakatlarining oldini olmoqchi bo‘lgan.
Xorazm viloyati Gurlan tumanida sodir etilgan «samosud» bo‘yicha ma’lumot berildi. Aniqlanishicha, 24 yoshli ayol turmush o‘rtog‘i bilan uchrashgan 20 yoshli boshqa bir ayolni dugonalari bilan birgalikda ushlab olib, kaltaklagan.
Qoraqalpog‘istondagi «Jasliq» posyolkasi hududidan o‘tuvchi A-380 avtomobil yo‘lida DAF va VOLVO rusumli ikkita yuk avtomashinasi ishtirokida YTH sodir etildi. Oqibatda bir kishi vafot etdi va kelib chiqqan yong‘in tufayli har ikkala yuk avtomashinasi butunlay yonib ketdi.
Samarqandda DAF yuk mashinasi va Lacetti to‘qnashuvi oqibatida yengil avtomobil haydovchisi va yo‘lovchisi hodisa joyida vafot etdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting